AsosiyJinoyat

Navoiy viloyatida giyohvandlik vositasini etishtirgan shaxsga hukm o`qildi

'Navoiy viloyatida giyohvandlik vositasini etishtirgan shaxsga hukm o`qildi'ning rasmi

1981 yilda tug`ilgan Alisher Qo`chqorov (ismlar o`zgartirilgan) ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanmasdan, giyohvandlik vositalarini etishtirish qonunga xilof ekanligini bilgan holda Xatirchi tumani Kattasoy qishlog`idagi yashash hovlisi tomorqa er maydonida 2 tup «kannabis» giyohvandlik o`simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan  o`tkazilgan “Qora-dori 2020” tezkor profilaktik tadbiri davomida A.Qo`chqorov tomonidan etishtirilayotgan giyohvandlik o`simliklari xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud A.Qo`chqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksi 270-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi. Fuqaroga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oyga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi, deya xabar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar