Ular haqida Davletov.uz telegram kanalida ma`lumot berildi.
Quyida ular bilan tanishish mumkin:
- Jizzax viloyati moliya boshqarmasi 311 mln so`mga malibu xarid qilgan;
- Qashqdaryo viloyati moliya boshqarmasi 349 mln so`mga EQUINOX xarid qilgan;
- Samarqand viloyati Narpay tumani hokimligi 398 mln so`mga Trailblazer LTZ-AT xarid qilgan;
- Andijon viloyati hokimligi noyabr oyi boshida 325 mln so`mga malibu xarid qilgan.
Andijon viloyati hokimligi 2019 yil oktyabrida ham 278 mln so`mga bitta malibu olgan. Xuddi shu yili 903 mln so`mga Toyota Prado sotib olgani haqida lot joylashtirilgan. Lekin portalda boshqa shartnoma joylashtirilgan. Yana “O`zsanoateksport” AJ orqali esa Germaniyaning Daimler AG kompaniyasidan 671 mln so`mga avtoulov xarid qilgani haqida ma`lumotlar bor. Qanaqa avtoulovligi ko`rsatilmagan.
Eslatib o`tamiz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan Trailblazer avtomobili xarid qilingan edi.