AsosiyJamiyat

Moliya vaziri nima uchun hokimlar va boshqa amaldorlarning qimmat avtomashina olayotgani haqidagi savolga javob berdi

'Moliya vaziri nima uchun hokimlar va boshqa amaldorlarning qimmat avtomashina olayotgani haqidagi savolga javob berdi'ning rasmi

Avval xabar bergnimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat byudjetiga bag`ishlangan yalpi majlis bo`lib o`tdi. 

Unda Moliya vaziri Timur Ishmetovga nima uchun hokimlar va boshqa amaldorlarning qimmat avtomashina olayotgani haqida savol berildi. 

Moliya vaziri Timur Ishmetov bu holatlarga Moliya vazirligi tanqid bilan qarashini, amaldorlar iqtisodiy inqiroz paytida biror xaridni amalga oshirishdan oldin nafaqat qonun, balki mantiq bilan ish tutishi kerakligini ta`kidladi. Bu haqda yig`ilishda ishtirok etgan deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi.

"Demak, bunga yo`l qo`yayotgan mas`ullarda oddiy mantiq bilan fikrlash qobiliyati ham yo`q. Lekin "kreslo"da o`tirishibdi", deya xulosaga kelgan deputat.   

O`z navbatida mahalliy byudjetlarga moliyaviy mustaqillik berishni davom ettirib, ochiqlik va oshkoralik siyosatini ta`minlash kerakligini bildirildi.  

Moliya vaziri jamoatchilikning e`tirozidan keyin qaysi amaldor qanaqa avtomashina olishi mumkinligini aniq belgilab qo`yish to`g`risida Hukumatdan maxsus topshiriq bo`lgani va tez orada shunday hujjat ishlab chiqilishini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, mazkur yig`ilishda Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Maqsud Yo`ldoshevning qo`ng`iroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javoban, “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz”, degan so`zlari to`g`ridan to`g`ri efirga ketib qoldi

Mavzuga doir:

Byudjet mablag`laridan qimmatbaho avtomobillar sotib olgan davlat boshqaruvi organlari nomi e`lon qilindi

 

    Boshqa yangiliklar