AsosiyJamiyat

Samarqandda xotiniga majburlab pampers edirgan er sudi: u avval 22 marta ma`muriy javobgarlikka tortilgan

'Samarqandda xotiniga majburlab pampers edirgan er sudi: u avval 22 marta ma`muriy javobgarlikka tortilgan'ning rasmi

 

Avval xabar berganimizdek, 12 noyabr kuni Samarqand shahrida xotinini ayovsiz kaltaklab, uni pampers yeyishga majbur qilgan erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqilishi boshlangan edi. Dastlabki sud ishida holat yuzasidan jabrdiyda ayol M.Vahobova va uni doimiy tahqirlab kelgan eri Sh.Kning daʼvolari eshitilgan.

Kun.uzning yozishicha, fuqaro Sh.K. ishi bo‘yicha navbatdagi ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda davlat ayblovchisi, Samarqand shahar prokurori o`rinbosari Umid Hakimov sudlanuvchi Sh.K. tomonidan qilingan jinoyatlar og`ir ekanini e`tiborga olib 8,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilashni so`radi.

«Bu jinoyatlar oiladek muqaddas maskanda, ayniqsa ojizaga nisbatan sodir etib kelinganiga e`tibor qaratishingizni so`rardim. Qolaversa, Sh.K.ning oldin ham sudlanib, amnistiya tufayli ozodlikka chiqqani, bundan tashqari, 22 marotaba unga nisbatan ma`muriy chora ko`rilganiga ham e`tibor qaratish kerak, deb o`ylayman. Mazkur holatlar sudlanuvchi shaxsining kimligini anglatadi», dedi davlat ayblovchisi.

Sudlanuvchi Sh.K. muzokara so`zida, barchadan, jumladan, turmush o`rtog`idan kechirim so`rashini bildirib, jazoni o`tagandan so`ng ham turmush o`rtog`i bilan birga yashashini ma`lum qildi. 

Jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa birga yashashga rozi bo`lmasligi, mazkur voqea va javobgarlik turmush o`rtog`i, umuman, boshqalarga ham saboq bo`lishini istashini ma`lum qildi.

Sud 1 dekabrgacha tanaffus e`lon qildi.

Eslatib o`tamiz, internetda Samarqand shahrida yashovchi Mustahkam ismli ayolning doimiy ravishda turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklanib kelishi haqida videolavhalar tarqaldi. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilinmoqda. Sal avval ushbu holat o`rganilib, zo`ravon er Toshkentda qo`lga olingani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati ham vaziyat bo`yicha izoh berdi.

Mavzuga doir:

Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni hokimlik yarashtirmoqchi

Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni yarashtirilmoqchi ekani rad etildi

    Boshqa yangiliklar