AsosiyJamiyat

Ikki insonning o`limi bilan yakunlangan Qibraydagi portlash sababi ma`lum qilindi

'Ikki insonning o`limi bilan yakunlangan Qibraydagi portlash sababi ma`lum qilindi'ning rasmi

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotlari asosida Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo`lganligi haqida xabar berilgan edi.  

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi o`tkazgan tergovga qadar tekshirishda gaz chaqnashi yuz bergan uy yonida o`rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasi (GTM)ga ulangan va erostidan o`tkazilgan polietilen gaz quvurining montaj ishlari o`ta sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlangan.

Buning oqibatida uyga yaqin oraliqdagi er ostidagi polietilen gaz quvurining ulanish qismida yoriq yuzaga kelib, undan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadon erto`lasida to`plangani va o`z navbatida gaz chaqnashi sodir bo`lgan.  

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 23 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar