2020 yilning 19 noyabr kuni Qiziltepa tumanidan o`tgan M-37 xalqaro ahamiyatga ega yo`lning 204-kilometrida “Buxoro – Navoiy” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan haydovchi – 1978 yilda tug`ilgan, Navoiy shahri “A.Temur” ko`chasida istiqomat qiluvchi O`.X. “Niva” rusumli avtomashinasida o`zining yo`nalishi bo`yicha yo`lning o`ng chetki qismida harakatlanib kelayotgan – 1972 yilda tug`ilgan, Qiziltepa tumani “Malikobod” MFYda yashovchi fuqaro O`.E.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Achinarlisi, haydovchi yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, avtomashinani mast holda boshqargani etmagandek, jabranuvchiga birinchi tez tibbiy yordamni ham ko`rsatmasda, qochib ketgan. Oqibatda, piyoda og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzar O`.X.ga nisbatan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






