Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Qidiruv bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 28,211-moddasi (pora berishga suiqasd) 2-qismida qo`rsatilgan jinoyatlarni sodir qilib, javobgarlikdan qutulish maqsadida chet elga chiqib ketgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIb xabar bermoqda.
Dastlabki tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 2019 yilning dekabr oyidan buyon qidiruv e`lon qilingan, Buxoro viloyati Kogon tumani Siyozpoyon qishlog`ida ro`yxatda turuvchi, ilgari ham firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi uchun sudlanib chiqqan 1981 yilda tug`ilgan Sh.Z. Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida qo`lga olindi.






