AsosiyJinoyat

Qashqadaryodagi qishloqlarning biridi “Nexia”da kelgan qaroqchilar velosipedda ketayotgan yigitni o`marib ketishdi

'Qashqadaryodagi qishloqlarning biridi “Nexia”da kelgan qaroqchilar velosipedda ketayotgan yigitni o`marib ketishdi'ning rasmi

Qashqadaryoda 2020 yilning 12 noyabr kuni soat 23:30 da 20 yoshli Jahongir O`., Qarshi tumani Dasht qishlog`i ichki yo`lidan velosipedda uyiga ketayotganida uning oldiga 4 nafar noma`lum shaxslar “Nexia” rusumli avtomashinada kelib, yonida bo`lgan 1 mln. 520 ming so`mlik bir dona “SAMSUNG A-10S” rusumli uyali telefon apparatini  talon-toroj qilib ketganlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan xabarga ko`ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Koson tumanida yashovchi 25 yoshli Husayiddin J., o`zining voyaga etmagan tanishlari, ya`ni Qarshi shahrida yashovchi 17 yoshli Otabek X., 17 yoshli Asadbek G`., va Qarshi tumanida yashovchi 16 yoshli Asliddin M.lar, ni jinoyatiga sherik qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Xusayiddin J., ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi “B” bandi (voyaga etmagan shaxsni g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 166-moddasi 2-qismi “v” bandi va 164-moddasi 2-qismi “B” bandi (Bosqinchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. voyaga etmaganlar Otabek X., Asadbek G`., va Asliddin M.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar