AsosiyJinoyat

Yangiyo`l tumanidagi xonadonda sodir bo`lgan gaz portlashida jabr ko`rganlarga kompensasiya to`lab beriladi

'Yangiyo`l tumanidagi xonadonda sodir bo`lgan gaz portlashida jabr ko`rganlarga kompensasiya to`lab beriladi'ning rasmi

30 noyabr soat 07:42 larda Yangiyo`l tumani, “Qir ariq” MFY, Istiqlol ko`chasi, 80-uyning er ostidan o`tgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqan is gazi xonadonga tarqalib, havo aralashmasi bilan qo`shilib, xonadon elektr chirog`ini yoqilishi natijasida portlash sodir bo`lgan edi.  

Oqibatda, shu xonadonda yashovchi S.I. va uning voyaga etmagan o`g`li R.R. voqea joyida vafot etgan, turmush o`rtog`i F.I. va voyaga etmagan qizi S.I.lar turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l tuman prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi 2-qismi, a,b-bandlari bilan qo`zg`atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo`yicha barcha daxldor shaxslar doirasi qamrab olinib, javobgarlik masalasi hal qilinishi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Voqea joyida viloyat va tuman sektor hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari jalb qilinib, viloyat sektor rahbarlari boshchiligida ko`rilgan zarar o`rnini qoplash, moddiy va ma`naviy ko`mak berish bo`yicha aniq reja asosida ishlar tashkillashtirilgan va kompensasiya qoplab berilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar