1

Germaniyada ishlayman deb firibgarlarga aldanib qolmang!

Jinoyat 07.12.2020, 18:45
Germaniyada ishlayman deb firibgarlarga aldanib qolmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Germaniyaga ishga joylashtirish bilan bog`liq masalalar yuzasidan bayonot berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Germaniyaga olib kelish va`dasi bilan O`zbekiston fuqarolaridan aldab pul olayotgan firibgar haqida turli ma`lumotlar tarqadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizom talablariga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuqorida zikr etilgan shaxsga lisenziya berilmagan. O`z navbatida mazkur fuqaro (UMID_UZEURO telegram sahifasi) O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega emas.

Shu munosabat bilan, fuqarolarimizni xorijda yashash yoki ishga joylashtirish vakolatiga ega bo`lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko`rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka chaqiramiz, deyiladi bayonotda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1