Sal avval, Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida davlat raqami yo`q yoki yashiringan qora rangdagi avtomobillar harakatlanib yurishgani haqida aytilgan edi.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ana shunday davlat raqamini yashirib harakatlanib yurgan avtomobillardan biri “Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi”ga tegishli “Kaptiva” rusumli qora rangli avtomobil ekanligini aniqlangan.
Shunga ko`ra, avtomobil haydovchisiga nisbatan belgilangan tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi MjTKning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Biroq haydovchi bunday ishni "kimdandir" topshiriq bo`lmasa o`zboshimcha qilmasa kerak, deya munosabat qilmoqda deputat Rasul Kusherbaev.
"Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi shunday qilib turgandan keyin oddiy fuqarolardan nima kutish mumkin. Umuman bu idoraga hammaga teng qonun qoidani mensimay yurish uchun kim buncha "dux" bergan, degan savol qiziq.
Toshkent viloyati hududidagi daryolar ustidan o`tgan bir qator ko`priklarning poydevoriga qadar qum shag`al olinib, ko`priklarning avariya holatiga etib kelayotganligining o`zidan ham bu idoraning o`z ishini qanchalik qonuniy va halol olib borayotganiga etarli savollar bor", deya mlohaza qilmoqda deputat.






