Sal avval Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida er-xotin janjali oqibatida erkak qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar farzandini chavaqlab tashlagani xabar qilingan edi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu jinoyat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur hodisa kecha, 9 dekabr kuni soat 23:30larda sodir bo`lgan.
1995 yila tug`ilgan ayol M.M. (uy bekasi) turmush o`rtog`i, 1990 yilda tug`ilgan A.X. (sudlanmagan, ishsiz) bilan Qamashi tumani, Qiziltepa mahallasida yashab kelgan. O`zaro oilaviy kelishmovchilik tufayli joriy yilning mart oyida onasi N.Sh.ning yashash uyiga qaytib kelib, u bilan aloqalarini uzishini aytgan. Erkak xotinini boshqa shaxsdan homiladorlikda gumon qilib, Qamashi tumanidagi yashash uyidan 2 dona oshxona pichog`ini olib, Yakkabog` tumani, Eski Yakkabog` mahallasida joylashgan qaynonasi N.Sh.ning yashash uyiga kelib, devordan oshib kiradi. Uy ichida uxlab yotgan N.Sh., M.M., voyaga etmagan R.Sh. (12.01.2012 y.t., maktab o`quvchisi) va A.Sh.larni (21.09.2014 y.t.) bo`yin sohalarini oshxona pichog`i bilan kesib, qasddan o`ldirib, hodisa joyidan yashiringan.
Avval ma`lum qilinganidek, bugun, 10 dekabr kuni tumani prokuraturasi tomonidan A.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, b, v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u ushlangan.






