1

Navoiyda hokimni sudga bergan fermer sud majlisi belgilangan kunga etmay sirli o`lim topdi

Jinoyat 10.12.2020, 17:56
Navoiyda hokimni sudga bergan fermer sud majlisi belgilangan kunga etmay sirli o`lim topdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri sirli o`lim topgani aytilmoqda. Unga ko`ra, fermer tuman hokimining unga berilgan er maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga etmay fermerning jasadi tumanning Polvonota MFY hududidan o`tgan ariqdan topilgan.

Voqelik bo`yicha «Xabar.uz» so`roviga javob bergan, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qilishicha, fermerning jasadi joriy yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqlagan. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, natijasiga ko`ra, jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilinganini ham bildirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o`limi yurak nafas yo`llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfeksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Mahkama matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug`ilayotgani, ularning vajlarini to`laqonli tekshirilishini ta`minlash maqsadida jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilindi. Hozirda qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1