AsosiyJamiyat

Tashkent city'dagi katta yong`in sababi ma`lum qilindi

'Tashkent city'dagi katta yong`in sababi ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 12 dekabr kuni soat 14:53 da Tashkent city'da yong`in sodir bo`ldi. 

FVVning yangilangan ma`lumotlariga ko`ra, quruvchilarning ehtiyotsizligi tufayli omborda saqlanib qolgan yonuvchan izolyasiya materiallari yonib ketgan. Yong`in qo`shni binolarga zarar etkazmadi. 2 daqiqadan so`ng yong`in sodir bo`lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`inga qarshi qutqaruv guruhlari etib kelishdi. Yong`inni o`chirish uchun qutqaruvchilarga 15 daqiqa vaqt ketdi. Umumiy yonish maydoni taxminan 60 kvadrat metrni tashkil etdi. Hodisada qurbonlar bo`lmadi, deyiladi so`nggi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar