AsosiyJinoyat

Yunusobodda 40 yoshlar chamasidagi ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

'Yunusobodda 40 yoshlar chamasidagi ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shaxriston bekati oldida odam o`ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan rasmiy ma`lumot taqdim etdi. 

Aniqlanishicha, bugun, 12 dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko`chasida shaxsi noma`lum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar