1

Toshkentdagi 103-sonli internat-maktabining 3-sinf o`quvchisini kaltaklaganlar utidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 13.12.2020, 11:50
Toshkentdagi 103-sonli internat-maktabining 3-sinf o`quvchisini kaltaklaganlar utidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan 103-sonli yordamchi internat-maktabi tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi haqida videoyozuv tarqaldi.

Xabarlarga ko`ra,  3-v sinf o`quvchisi 2-guruh tarbiyalanuvchisi 11 yoshli Abdug`ofurova E`zozaxon Umidjon kizi kaltaklangan. 103 - yordamchi internat maktab o`quvchisini kechki smena tarbiyachilari tezroq uxlamagani sababli  urganligi aytilgan edi. 

Holat bo`yicha Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i batafsil ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 11 dekabr kuni fuqaro K.Z. Yashnobod tumani IIO FMBga ga ariza bilan murojaat qilib, unda aqli zaif voyaga etmagan qizi maktab-internatidan tan jarohatlari bilan kelganini ma`lum qilib, aybdor shaxslarga qonuniy chora ko`rishni so`ragan.  

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma`lumotnomasiga ko`ra, voyaga etmagan qiz tanasida “O`ng elka sohasi va o`ng ko`krak sohasi, o`ng ko`krak sohasi ostki qismlari yumshoq to`qimalarining lat eyishi hamda ko`karishi” kabi tan jarohatlari borligi aniqlanib, zarur tibbiy yordam ko`rsatilgan va tegishli davo choralari tavsiya qilingan.  

Shu bilan birga voyaga etmagan qizning tanasidagi jarohatlarining kelib chiqish mexanizmi va og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.  

Ta`kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1