1

Toshkentda xotiniga bolasining axlatini edirgan erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 14.12.2020, 16:00
Toshkentda xotiniga bolasining axlatini edirgan erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida er xotiniga tan jarohati etkazib, farzandining axlatini eyishga majburlagani haqida videolar tarqalgandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudining chiqargan hukmiga ko`ra, o`sha erkak Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (Qiynoq) bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan avvalroq, Samarqand viloyatida ham shunga o`xshash holat sodir bo`lgandi. O`shanda turmush o`rtog`ini uzoq yil muntazam kaltaklab va qiynab kelgan er 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1