1

Yakkabog`da davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yubordi

Jinoyat 15.12.2020, 20:23
Yakkabog`da davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yubordi

Yakkabog` tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X.R. tuman IIBga murojaat qilib, 13 noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat`iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018 yillardagi jami 3031 dona yig`ma jild ish hujjatlari yo`qolgan. Bu haqda Yakkabog` tuman hokimligi Axborot xizmati ma`lum qilgan.

Xabarga ko`ra, Yakkabog` tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo`jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J.lar tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog`oz yig`uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig`ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qashqadaryo viloyat IIB ma`lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1