1

"Abu Saxiy" bozorida 25 yoshli yigit akasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Jinoyat 17.12.2020, 15:11
"Abu Saxiy" bozorida 25 yoshli yigit akasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Toshkentda aka o`z ukasi tomonidan pichoqlab o`ldirildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni soat 16:30 larda Chilonzor tumanidagi “Toshkent savdo markazi” kompleksi hududidagi 5-blok, “G” qator, 127-savdo do`koni oldida 1995 yilda tug`ilgan N.M. (sudlangan, ishsiz) o`zaro kelishmovchilik oqibatida akasi, 1991 yilda tug`ilgan O.M.ni (sudlangan, ishsiz) o`ng ko`krak qo`ltiq osti sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati etkazib, hodisa joyidan yashiringan.    

Oqibatda, O.M. olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Shu kunning o`zida tuman IIB tomonidan N.M.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qism “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, uni qidirib topish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1