AsosiyJamiyat

Rossiya Farg`ona viloyatidan kiradigan sabzavotlarga ta`qiqni qisman bekor qildi

'Rossiya Farg`ona viloyatidan kiradigan sabzavotlarga ta`qiqni qisman bekor qildi'ning rasmi

Rossiyaga O`zbekistonning Farg`ona viloyatidagi ettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi.

O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmatining xabar qilishicha,  ushbu korxonalar mahsulotlarida 2020 yilda EII ga a`zo davlatlarning karantin ostidagi ob`ektlar, shuningdek, pomidorning jigarrang burishgan virusi aniqlanmagan.

Ushbu qaror O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish maydonlarini o`rganish va respublikaning ko`rsatilgan mintaqasidagi issiqxonalarning holatini tahlil qilish natijalari to`g`risida berilgan ma`lumot asosida qabul qilindi.

Mavzuga doir: Rossiyada O`zbekistondan borayotgan pomidorlarga virus sabab ta`qiq qo`yilgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

 

    Boshqa yangiliklar