AsosiyJinoyat

Navoiyda daraxtzordan 45 yoshli erkakning murdasi topildi. Аniqlanishicha...

'Navoiyda daraxtzordan 45 yoshli erkakning murdasi topildi. Аniqlanishicha...'ning rasmi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 2020 yilning 13 dekabr kuni soat uylar oldidagi daraxtzordan 45 yoshli M.Q., ismli shaxsning murdasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda

Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida murda sud-tibbiy ekspertizasi vositasida tekshirib ko`rilgan. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, M. Q., ning tanasida “qorin bo`shlig`ining yopiq qo`shma jarohati, to`sh suyagini yopiq sinishi, ichak arteriyasining yorilishi” kabi tan-jarohatlari borligi aniqlangan. Bu harohatlar uning o`limiga sabab bo`lgan deya taxmin qilingan.

So`ngra mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida jinoyatni Tomdi tumanida tug`ilgan S. S. ismli shaxs sodir etganligi, janjalga esa har ikki fuqaroning spirtli ichimlik ta`sirida bir-birlarini so`kib haqorat qilganligi sabab bo`lganligi aniqlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi departament ma`lumotida.                                                                                                                                                                

    Boshqa yangiliklar