AsosiyJinoyat

Surxondaryoda masjid kotibi pichoqlab o`ldirildi

'Surxondaryoda masjid kotibi pichoqlab o`ldirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod masjidida qotillik yuz berganligi haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma`lumot taqdim etdi 

Aniqlanishicha, bugun 22 dekabr kuni soat 09.30 larda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan jome` masjidi binosi ichida fuqaro M.Sh. (1974 y.t., ishsiz) shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o`zaro janjallashib, o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan unga tan jarohati etkazgan.

Jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yo`lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga JKning 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va u prosessual tartibda ushlangan.      

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar