AsosiyJinoyat

Namanganda 21 yoshli yigit 24 yoshli fuqaroga qasddan tan jarohati etkazdi

'Namanganda 21 yoshli yigit 24 yoshli fuqaroga qasddan tan jarohati etkazdi'ning rasmi

2020 yilning 18 dekabr kuni soat 22:45 da Namangan shahar, "Porloq" mahallasi, 3-kichik tumanida joylashgan "Karavan" nomli kafe hovlisida 21 yoshli Sherzod X., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan, mensimasdan, atrofdagilarni tinchini buzib, o`tkir kesuvchi jismni namoyish qilib, uni qo`llab, 24 yoshli Ibroxim G`.,ni urib-do`pposlab, tan jarohati etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, Ibroxim G`.,ning tanasida  "qorin old devori, qorin bo`shlig`iga kirib boruvchi, o`tkir predmetdan sanchilgan-kesilgan" tan jarohatlari “og`ir” tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Namangan shahrida joylashgan "Karavan" nomli kafesi tashqi hovlisiga o`rnatilgan kuzatuv kamerasiga yozilgan videotasvirlar bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sherzod X., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “E” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Sherzod X., Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “E” bandi bilan sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. So`roq jarayonida, Sherzod X., fuqaro Ibroxim G`.,ga tan jarohati etkazgan pichoqni kanaldagi suvga tashlab yuborganligini ma`lum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar