1

Namanganda Kanadaga ishga yuborish va viza olib berish uchun katta miqdorda pul olgan fuqaroga hukm o`qildi

Jinoyat 23.12.2020, 21:20
Namanganda Kanadaga ishga yuborish va viza olib berish uchun katta miqdorda pul olgan fuqaroga hukm o`qildi

Namanganda fuqaro A.A. o`zganing mablag`ini qo`lga kiritish maqsadida ikki fuqaroni chuv tushirdi. Bu haqda Uchqo`rg`on tuman IIB xuzuridagi TB boshlig`i kapitan O.Jalalov xabar qildi...

Fuqaro A.A. 2019 yil 14 martdan 1 mayga qadar Uchqo`rg`on tumani, Farovon MFYda yashovchi fuqaro M.O.ga Kanada davlatida ish borligi, oyiga 2.500-3.000 AQSh dollari ish haqi to`lanishini aytib aldab, ishga borishga qiziqtiradi. Uning fuqarolik pasportiga Kanada davlatiga kirish xuquqini beruvchi viza stikerini soxtalashtirib, uni pasport varag`iga yopishtirib, bu viza bilan Kanadaga borib, ishlash mumkinligini aytadi. Viza va ishga yuborish uchun jami 3.400 AQSh dollari (qiymati 27.431.778 so`mga teng)ni firibgarlik yo`li bilan egallab olgan. M.O. IIBga ariza bilan murojaat qilgandan so`ng soxtalashtirilgan Kanada davlati vizasini olib tashlab, M.O.ning fuqarolik pasporti varag`iga qasddan shikast etkazgan.

            Shuningdek, u jinoiy faoliyatini davom ettirib, takroran 30 aprelda Uchqo`rg`on tumani, Soxil MFYda yashovchi A.A.ni ham xuddi yuqoridagidek chuv tushiradi. Viza uchun jami 3.100 AQSh dollari (qiymati 25.011.327 so`mga teng)ni firibgarlik yo`li bilan egallab, A.A.ni Kanadaga ishga jo`natmay, pullarni shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

  “PULINI OLISh UChUN ALDAGANDIM”

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchi A.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi, 227-moddasi 2-qismi «a» bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilib, so`roq qilinganida u o`z aybiga iqror bo`ldi...

- 2018 yil fevralda A. bilan tanishib qoldim. Unga Kanadada ish borligini aytib qiziqtirdim. Bu orada uni qarindoshi M.O. bilan ham tanishdim. Bir xil “ssenariy” bilan ish tutdim. Ularni aldab, jami 2500 AQSh dollari oldim va pullarni o`z ehtiyojlarimga ishlatdim. Kanada davlati vizasini internet ijtimoiy tarmog`i orqali ko`chirib olib, uni kompyuterda tayyorlab, pasportga yopishtirdim. A.A.dan pul olmaganman. Kanadaga ishga jo`natish vakolatim bo`lmagan. Ularni pulini olish uchun aldagandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Aybimga iqrorman...

Mazkur jinoyat ishi sudda ko`rilib, ayblanuvchiga etkazilgan moddiy zarar to`liq to`langani uchun unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1