1

Namanganda o`g`irlangan 16 yoshli qiz o`zini mashinadan tashlab, halok bo`ldi (video)

Jinoyat 24.12.2020, 08:27
Namanganda o`g`irlangan 16 yoshli qiz o`zini mashinadan tashlab, halok bo`ldi (video)

Namanganda zo`ravonlar tomonidan o`g`irlangan qiz vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyatidan muxbirimiz Umida Qo`shoqova xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 20 dekabr kuni saot 23:30larda Norin tumanida yashovchi 18 va 23 yoshli ikki yigit oldindan jinoiy til biriktirib, spirtli ichimlikdan mast holda tumandagi Changitma mahallasi hududidagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelayotgan asli uchqo`rg`onlik bo`lgan 16 yoshli qizning oldiga borishadi. U bilan qizning dugonasi bilan bog`liq muhabbat mojarosi xaqida gaplashib olishini va bu masalada yordami kerakligini aytishadi. Uni uydan yashirin holda chiqishga ko`ndirishgach,  "Damas" avtomashinasida o`g`irlab ketishgan. Qiz esa ulardan qutilish maqsadida yurib ketayotgan mashinaning eshigini ochib, o`zini erga tashlagan.  

"Damas" haydovchisi voqea joyidan qochib ketgach, yo`ldan o`tib ketayotgan "Lasetti" haydovchisi to`xtab, jon talvasasida yotgan qizni shifoxonaga oli borgan. Biroq, ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, jabrlanuvchi o`ta og`ir tan jarohati bilan shifoxonannig jonlantirish bo`limida vafot etdi.  

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani Ichki Ishlar bo`limi huzuridagi  tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi hamda 137-moddasining  3-qismi v bandi bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1