1

Hamshiraning uyini tunamoqchi bo`lgan kon ishchisi qo`lga olindi

Jinoyat 27.12.2020, 14:11
Hamshiraning uyini tunamoqchi bo`lgan kon ishchisi qo`lga olindi

"O`g`ri berkitib olar", deganlaridek 1990 yilda tug`ilgan Zarafshon shahar 4-kichik tumanda yashovchi, muqaddam sudlanmagan, Navoyi kon-metallurgiya kombinati  Markaziy kon boshqarmasiga qarashli markaziy moddiy texnik baza ishchisi K.K o`zganing  mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsad qildi. U joriy yilning   8 dekabr kuni 1968 yilda tug`ilgan Zarafshon shahar 7-kichik tumanda istiqomat qiluvchi, 3-sonli shahar shifoxonasi hamshirasi R.Dning yashash xonadoniga o`zida bo`lgan kalit bilan g`ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda bo`lgan shkaf ichidan 6740 AQSh dollar hamda 21 mln so`m pullarini o`g`irlab ketayotgan vaqtda JQB vakillari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan. 

Jinoyat jazosiz qolmaganidek endi ushbu fuqaro ham qilmishiga yarasha jazo oladi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Shiringul ASOEVA, Navoiydan tayyorlandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1