AsosiyJamiyat

O`zbekistonda elektr energiyasi bo`yicha eng ko`p qarzdorligi bo`lgan viloyat ma`lum qilindi

'O`zbekistonda elektr energiyasi bo`yicha eng ko`p qarzdorligi bo`lgan viloyat ma`lum qilindi'ning rasmi

 AOKAda  «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan  matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Jahongir Obidjonov elektr eneregiyasi bo`yicha qarzdorlik masalalariga to`xtaldi.

"Elektr eneregiyasi bo`yicha eng katta qarzdorlik Samarqand viloyatida: 655 milliard so`m. Bu jami ko`rsatkich, ya`ni yuridik va jismoniy shaxslarning umumiy qarzdorligi.

Ayni vaqtda respublikamiz bo`yicha 3 trln 500 mlrd so`m qarzdorlik mavjud. 1 dekabr holatiga ko`ra, aholining elektr eneregiyasidan qarzdorligi — 2 trln 340 mlrd so`mni tashkil qilmoqda. 1 oktyabr holatiga ko`ra, bu qarzdorlik — 2 trln 380 mlrd so`m bo`lgan.

 2 oy ichida ushbu qarzdorlik holati 40 millard so`mga kamayishiga erishildi. Bu — aynan billing tizimi joriy qilinishi natijasi", deya izoh berdi mutaxassis. 

Mavzuga doir:

Surxondaryoda "svet"siz qolgan aholi ko`chada balon yoqib, norozilik uyushtirdi. Hokimiyat vaziyatga izoh berdi (video)

    Boshqa yangiliklar