Ijtimoiy tarmoqlarda “Bugungi ayrim IIO xodimlaridan birining ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
IIV xodimi mast holatda fuqaro bilan janjallashgan va xizmatga nomunosib xatti-harakati sabab ishdan bo‘shatildi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning meʼyoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, deyiladi rasmiy munosbatda.