1

DXX “COVID-19” testini soxtalashtirayotgan guruhni fosh etdi

Jinoyat 28.12.2020, 19:31
DXX “COVID-19” testini soxtalashtirayotgan guruhni fosh etdi

O`zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari “COVID-19” kasalligini aniqlashda PZR-test ma`lumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yo`lovchilarga sotish bilan shug`ullanuvchi guruhni fosh qildi. Bu haqda SSV Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ya`ni, “Toshkent — Moskva” yo`nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma`lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.

Tezkor harakatlar davomida, mazkur shaxslar “COVID-19” kasalligini aniqlash bo`yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma`lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug`ilgan “Q. E.” va Xorazm viloyatida tug`ilgan "M. M."lardan sotib olganliklari ma`lum bo`lgan.

Ushbu “uddaburonlar”ga soxta ma`lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi “M. N.” va “K. A.”lar tayyorlab, etkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1