Bu hafta O`zbekistonning barcha hududlari sibir antisikloni periferiyasi ta`siri ostida bo`ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bulgan keng hududini o`z ichiga qamrab oladi.
Ushbu antisiklonning periferiyasi Qozog`iston orqali bizning hududimizga kirib keladi.
Shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo`yicha sovuq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Albatta, bizning mamlakatimizda Sibir va shimoliy Qozog`iston hududlaridagi kabi sovuq kutilmaydi, lekin me`yordan 4-7 darajaga past bo`lgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.
So`nggi yillarda eng qorli kun 2007 yilning birinchi kuni bo`lgan. Qor Yangi yil arafasida boshlanib, 1 yanvarda butun kun davomida yog`ishda davom etdi. Bu haqiqiy Yangi yil ertagi bo`ldi.
Oxirgi marta Yangi yil bayramida qor 2013 yil 1 yanvar kunida yog`gan edi.
Toshkentda 1889 yilning Yangi yil kechasida meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat 28 darja sovuq kuzatilgan.
Oxirgi 50 yil ichida Toshkentda bunday past harorat kuzatilmagan va bu davrda eng sovuq 1991 yil 1 yanvarga o`tar kechasi bo`lib, Toshkentda harorat 13 daraja sovuqqacha pasaygan.
Eng issiq Yangi yil bayramlari 2009 yildan 2010 yilga va 2015 yildan 2016 yilga o`tishda kuzatilgan, bunda kunduzgi harorat 31 dekabrda va 1 yanvarda 18-19 daraja issiq bo`lgan.
Yakshanba kuni 27 dekabrda yog`ib o`tgan qor bu yilgi so`nggi qor edi, O`zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar.






