"Facebook" ijtimoiy tarmog`ida O`zbekiston Respublikasi Administrasiyasi huzuridagi Qibray klinik sanatoriyasi rahbari tomonidan COVID-19 bilan davolanayotganlarga mo`ljallangan karantin zonasiga kirmagan xodimlarga asossiz qo`shimcha to`lovlar to`lab berilganligi, ishchilar asossiz ravishda ishdan bo`shatilganligi hamda ishchilarni tashish uchun mo`ljallangan avtobus qatnovi bekor qilinganligi yuzasidan post joylashtirilgan.
Yuqoridagi holatlarga qonuniy baho berish maqsadida bugungi kunda Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilgan.
Tekshirish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berilishi ta`minlanadi deya xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasining Axborot xizmati.






