Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda
"Ona va bola sog`lig`iga e`tibor – jamiyatga, kelajakka e`tibor. Shu maqsadda, keyingi yildan boshlab, 15 yoshgacha bo`lgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatiladi.
Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu ishlarga 100 milliard so`m mablag` yo`naltiriladi.
Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta`minlash orqali aholi o`rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi" deydi davlat rahbari.






