AsosiyJamiyat

Boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan qator idoralar qisqartiriladi

'Boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan qator idoralar qisqartiriladi'ning rasmi

Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasida boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar va funksiyalar qisqartirilishi haqida ma`lum qildi:

"Hukumat ikki oy muddatda boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar va funksiyalarni, ortiqcha byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha, hujjatlar loyihalarini tayyorlasin.  

Bunda, davlat boshqaruvi xodimlari sonini o`rtacha 15 foizgacha optimallashtirishni nazarda tutish zarur.

Kelasi yil boshidan, har bir vazirlik o`z ishini tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtiradi va tashkil etadi.

Vazirlar va ularning o`rinbosarlari faoliyatiga tuman, shahar, qishloq va mahallada, amalda qanday o`zgarish bo`lganiga qarab, baho beriladi", dedi Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar