Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi Toshkent metrosi relsiga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Holatga "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati oydinlik kiritdi.
Ma`lum bo`lishicha, Ushbu voqea 2020 yil 28 dekabr kuni soat 21:23da Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" nomli bekatida sodir bo`lgan. Unda 1982 yilda tug`ilgan fuqaro B.I. o`zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poezd ostiga tashlash maqsadida poezd yo`liga yotib oldi. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo`limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olindi.
Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqildi. Ma`lum bo`lishicha, qoidabuzar B.I. depressiya holatida bo`lganligi va o`zining nojo`ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etganligi aniqlandi. Ushbu holat bo`yicha tergov ishlari olib borilmoqda, deyilgan xabarda.






