AsosiyJamiyat

"Oqqo`rg`on-Bo`ka" yo`nalishida "Neksiya" pastlikka qulab tushdi (video)

'"Oqqo`rg`on-Bo`ka" yo`nalishida "Neksiya" pastlikka qulab tushdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda pastlikga qulab tushgan "Neksiya" avtomobili aks etgan video lavha tarqalgan edi. 

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, halokat joriy yilning  27 dekabr kuni soat 10:30 larda, Toshkent viloyati, Oqqo`rg`on tumani hududidan o`tgan "Oqqo`rg`on-Bo`ka" avtomobil yo`lining 6-kilometrida sodir bo`lgan. 1991 yilda tug`ilgan B.H.  ismli haydovchi "Neksiya-3" avtomobilda kelayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`ldan chiqib ketib pastlikka ag`darilgan.

Ag`darilish natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur hodisa yuzasidan Oqqo`rg`on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilayotgani aytilgaan Axborot xizmati xabarida.
 

    Boshqa yangiliklar