Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, Norjon aya Omonova 6 nafar o`g`il va 1 nafar qizni dunyoga keltirib, voyaga etkazgan. Shu bilan birga 25 ta nevara va 18 chevaraning suyukli buvisidir.
1978 yildan buyon pensiyada, qarilik gashtini surib kelayotgan ayamiz 1950-68 yillar davomida "Taraqqiyot" nomli jamoa xo`jaligida oddiy ishchi bo`lgan bo`lsa, 1968 yildan 1978 yilgacha huddi shu xo`jalikda oshpaz sifatida mehnat qilgan.
"Shuhrat" medali viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Karimov va tuman hokimi D.Uralova tomonidan ayaning xonadoniga tashrif buyurilgan holda ayaning yaqinlari, yor-u birodarlari ishtirokida topshirildi.






