AsosiyJamiyat

2021 yilda soliq sohasida nimalar o`zgaradi?

'2021 yilda soliq sohasida nimalar o`zgaradi?'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati Prezident Murojaatnomasidagi ma`lumotlarga asoslanib, 2021 yilda soliq sohasida qanday o`zgarishlar kutilayotgani haqidagi ma`lumotlarni keltirdi:

  • Kelgusi yilda “Soliqchi – ko`makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma`lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
  • Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta lisenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo`yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.
  • Pandemiya sharoitida aylanma mablag` tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko`mak berish davom ettiriladi.
  • Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar 2021 yil yakunigacha uzaytiriladi.
  • 20 mingta tadbirkorning 400 milliard so`mlik er va mol-mulk solig`ini to`lash muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
  • Tadbirkorlik sub`ektlarida tekshirishlar o`tkazishga e`lon qilingan moratoriy muddati yana bir yilga uzaytiriladi.

 

Mavzuga doir:

Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari 2021 yil nomini e’lon qildi

Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda — Shavkat Mirziyoyev

    Boshqa yangiliklar