AsosiyJamiyat

Bosh vazir o`rinbosari: "2020 yilda aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi"

'Bosh vazir o`rinbosari: "2020 yilda aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi"'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov «O`zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida 2020 yilda mamlakatda kambag`allikni kamaytirish borasida bajarilgan ishlar haqida gapirdi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri bu jarayonda «Temir daftar» muhim o`rin tutganini qayd etgan.

«Kambag`allikni qisqartirish bo`yicha 2020 yilda ko`p ishlar qilindi. Bizning eng katta natijamiz deb shuni aytish mumkinki, pandemiya davrida olib borilgan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy siyosat mamlakatda kambag`allikni ko`payishiga olib kelmadi. Qashshoqlikni keltirib chiqarmadi. Aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi. Nima hisobiga bu ko`rsatkichlarga erishildi?

Birinchi navbatda, 2020 yilning yanvar oyida byudjet mablag`laridan ijtimoiy nafaqa olgan oilalar soni 600 mingta edi. Dekabr oyida esa 1 mln 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi. Misol uchun, «Temir daftar» deymiz. Hayit bayramida, bolalar maktabga borishi arafasida va boshqa vaqtlarda mazkur tizim orqali aholiga manzilli yordam ko`rsatildi.

Uning bir ma`nosi shundaki, u juda ham keng qamrovli. Bunda faqatgina pul yoki oziq-ovqat bilan yordam berishgina nazarda tutilmagan. «Temir daftar» birinchi navbatda kam ta`minlangan aholini ishga joylashtirishni nazarda tutadi.

Bir so`z bilan aytganda, «Temir daftar» pandemiya davrida xalqimizning qiynalib qolmasligi uchun eng katta xizmat ko`rsatgan dastak va yo`nalish bo`ldi, deb aytish mumkin», degan Bosh vazir o`rinbosari.

29 dekabr kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston prezidentining parlamentga murojaatida ham «Temir daftar» masalasiga alohida urg`u berildi.

«Nima uchun biz «Temir daftar»ni joriy etdik? Bundan maqsad – ehtiyojmand aholini to`g`ri aniqlash va shu asosda ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish. Birinchi navbatda, kambag`al aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlashimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga etkazilmoqda» deya ta`kidlagan davlat rahbari.

Prezident murojaatida ma`lum qilinishicha, 2021 yildan boshlab «Temir daftar» tizimi yangi bosqichga ko`tariladi. Ya`ni «Ijtimoiy reestr»ga qamrab olingan barcha ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar