AsosiyJamiyat

Farg`onada jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish bilan shug`ullanib, qidiruvga berilgan ikki ayol qo`lga olindi

'Farg`onada jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish bilan shug`ullanib, qidiruvga berilgan ikki ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Rishton tumani IIB xodimlari  Farg`ona viloyati IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan qidiruvda bo`lgan M.Z. va E.Z. ismli ayollarni qo`lga olishdi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ayollar Jinoyat kodeksining 244-moddasi prim 2-moddasi 1-qismida (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvga berilgan.

"Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi" , deya so`rab qoladi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar