AsosiyJamiyat

1 sentyabr kuni 19 yoshli yigit “Lacetti”sida urib ketib, halok qilgan katta serjantning yaqinlariga "Jasorat" medali topshirildi (video va foto)

'1 sentyabr kuni 19 yoshli yigit “Lacetti”sida urib ketib, halok qilgan katta serjantning yaqinlariga "Jasorat" medali topshirildi (video va foto)'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari - Kadrlar boshqarmasi boshlig`i polkovnik Aliaxmad Choriev, Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari podpolkovnik Qudrat Yuldashev va xizmat vakillari halok bo`lgan katta serjant Salim Umarovning oilasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

 Xodimlar joriy yilning kuz oyida o`zining xizmat vazifasini ado etish chog`ida halok bo`lgan YHXB xodimining oila a`zolari va yaqinlari bilan uchrashishdi. IIBB vakillari Salim Umarovning onasi Maxluba Umarov va turmush o`rtog`i Navruzaga jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga Salimning qo`shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirishdi, shuningdek og`ir judolikdan ruhan tushkunlikka tushmasliklarini tilashdi. Ayollarga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Salim Umarovga vafot etganidan so`ng berilgan "Jasorat" medalini topshirishdi.

Eslatib o`tamiz, 1 sentyabr kuni taxminan soat 19.00 da 2-batalon YPX inspektori katta serjant Salim Umarov Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida xizmat vaqtida YTHga uchragan. U “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida tekshiruv maqsadida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvidagi “Captiva” (davlat raqami 01 Q 772 VV) rusumli avtomobilni to`xtatgan va haydovchidan hujjat so`ragan.

Katta serjant tekshiruvdan so`ng hujjatlarni haydovchiga qaytarib, transport vositasini aylanib o`tib, yo`l cheti tomon yurgan vaqtda “Lacetti” (davlat raqami 01 T 789 NV) rusumli avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib borayotgan 19 yoshli Temurbek M. Mirobod ko`chasidan chiqib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetida to`xtab turgan “Captiva” avtomobiliga to`qnashgach, inersiya tufayli harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib yuborgan.

4 sentyabr kuni soat 7.00 da Toshkent shahar IIBB YHXB yo`l-patrul xizmati brigadasi 2 bataloni 3-mobil guruhi inspektori katta serjant Umarov Salim Usmonali o`g`li YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli uch kun davom etgan hayot uchun kurashdan so`ng hayotdan ko`z yumgan. Katta serjantning ortida uch nafar voyaga etmagan farzandi qolgan edi.

Mavzuga doir: 

Samarqandda xizmat o`tayotgan IIB inspektorini "Damas" urib ketib, halok qildi

 

    Boshqa yangiliklar