AsosiyJamiyat

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida «tozalash» boshlandi

'Davlat aktivlarini boshqarish agentligida «tozalash» boshlandi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. Ortiqov Prezident Farmoni ijrosini bajarishda hududlarda yo`l qo`yilgan qator kamchiliklarni sanab o`tdi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi

Ma`lum bo`lishicha, bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanishda kamchiliklarga yo`l qo`yilgani, past rentabelli, faoliyatsiz korxonalarni tugatish ishlari yakuniga etkazilmagani, davlat mulki ob`ektlari to`g`risidagi hisobotlarni tizimga kiritish ishlari o`z holiga tashlab qo`yilgani, xususiylashtirish dasturi doirasida davlat mulki ob`ektlari o`z vaqtida savdoga chiqarilmagani kabi kamchiliklar sanab o`tilgan.

O`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmay, faoliyatida o`zi bo`larchilik va sansalorlikka yo`l qo`ygan agentlikning Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilib, vazifalaridan ozod etildi.  

Agentlikning Xorazm, Surxondaryo, Farg`ona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlariga ishdagi kamchiliklar uchun hayfsan e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar