AsosiyJamiyat

Farg`onada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi beton to`siqqa urilishi oqibatida vafot etdi

'Farg`onada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi beton to`siqqa urilishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

29 dekabr kuni fuqaro M.M. o`z boshqaruvidagi “Nexia” rusumli  avtomashinasini Farg`ona viloyati Oltiariq tumani hududidagi Yangiarab MFY hududida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`lning o`rta qismidagi beton to`siqqa urilishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumanida huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yo`l harakati qoidalariga amal qiling. Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. 

    Boshqa yangiliklar