AsosiyJamiyat

“Qorako`l xalqaro maktabi”da o`g`rilik sodir bo`ldi

'“Qorako`l xalqaro maktabi”da o`g`rilik sodir bo`ldi'ning rasmi

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 20 iyulidan 5 avgust kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs tomonidan Qorako`l tumani Xo`jalar mahallasi Ulug`bek ko`chasida joylashgan “Qorako`l xalqaro maktabi” binosi hududida o`g`rilik sodir etgan. Maktabda qurilish ishlarini olib borayotgan “Sharq plyus” MChJ tomonidan olib kelingan jami bahosi 48 mln 160 ming so`mlik 56 dona (860 ta qovurg`a) AKFA isitish batareyalarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan MChJ rahbarining murojaati asosida Qorako`l tumani Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borildi. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning Tojikent mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro Q.M., Olot tumani Yoshbotir mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro A.Q. va tuman Chandir mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan fuqaro G.B. lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib sodir qilganliklari aniqlangan. Natijada mazkur holat bo`yicha fuqarolar ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. 

Hozirgi kunda tuman Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat ishida gumon qilinuvchi fuqarolar Q.M., A.Q. va G.B.larga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Buxoro viloyatidan Zarifjon Zokirjon o`g`li tayyorladi

    Boshqa yangiliklar