1

Jasur Umirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

Jinoyat 05.01.2021, 18:44
Jasur Umirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

Bir muddat avval taniqli estrada xonandasi Samarqanddagi liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani haqida xabar qilingan edi. Keyinchalik, ushbu shaxs estrada xonandasi Jasur Umirov degan taxminlar paydo bo`lib, holat yuzasidan qayta tekshiruv tayinlangani va jinoyat ishi ochilgani xabar qilindi. Shundan so`ng, ishda to`plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan xonandaga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgani haqida ma`lum qilgandik.

Bugun, 5 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati "darakchi.uz"ga vaziyat xususdagi yangiliklarni ma`lum qildi.

Unga ko`ra, Jasur Umirov voyaga etmagan Sh.M. ni nomusiga tekkani holati bo`yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvidagi O`zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi maqbul dalillar bilan to`liq tasdiqlanganligi sababli, unga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, shuningdek, u bilan birga bo`lgan fuqaro A. va Sh. lar Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi va boshqa moddalari bilan ayblangan. 

5 yanvar kuni tergovga oid barcha jinoyat ishi hujjatlari mazmunan ko`rib chiqish uchun tegishli sudlov organiga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1