1

Xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi yopiq tarzda ko`rib chiqiladi

Jinoyat 06.01.2021, 19:42
Xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi yopiq tarzda ko`rib chiqiladi

Oliy sud Axborot xizmati xabariga ko`ra, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati sudiga kelib tushgan.

Shu bilan birga, ma`lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi doirasida A. Z. va Sh. Q. ham Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg`on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan ayblanib sudga berilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchi J. U. ga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi, ayblanuvchilar A. Z. va Sh. Q. ga “garov” ehtiyot choralari qo`llanilgan.

Jinoyat ishi joriy yil 6 yanvar kuni Jinoyat-prosessual kodeksining 391-moddasi (jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi) tartibida, ya`ni jinoyat sodir etilgan hududdagi jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudiga mazmunan ko`rib chiqishlik uchun yuborildi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko`rib chiqiladi.

Ishni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha alohida bayonot beriladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval taniqli estrada xonandasi Samarqanddagi liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani haqida xabar qilingan edi. Keyinchalik, ushbu shaxs estrada xonandasi Jasur Umirov degan taxminlar paydo bo`lib, holat yuzasidan qayta tekshiruv tayinlangani va jinoyat ishi ochilgani xabar qilindi. Shundan so`ng, ishda to`plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e`lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan xonandaga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan va ish sudga oshirilgan edi. 

Mavzuga doir: 

“Aybim bir stolda shunaqa buzuqlar bilan o`tirib qolganim. Tuxmat balosini endi ko`rdim”. Jasur Umirov vaziyatga aloqadorligiga ishora qilib izoh qoldirgan.

Jasur Umirov avval ham qamalgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1