Sirdaryoda is gazidan zaharlanish oqibatida 33 yoshli erkak voqea joyida, 26 yoshli turmush o`rtog`i shifoxonada vafot etdi. Ularning 2 yoshli qizi «reanimasiya»ga yotqizildi. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari» ma`lum qildi.
Oqoltin tumani ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismining 8 yanvar 2021 yil soat 13:45da bergan xabariga ko`ra, Oqoltin tumani, “Ko`rkam diyor” MFY, Marjonbuloq ko`chasida yashovchi 1987 yilda tug`ilgan fuqaro T.S., turmush o`rtog`i 1994 yilda tug`ilgan I.S. va voyaga etmagan farzandi 2019 yilda tug`ilgan E.R.lar yashash xonadonida zaharlanishib, T.S. voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, turmush o`rtog`i I.S. va voyaga etmagan farzandi E.R.lar Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan I.S. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Buxoroda 29 yoshli ayol va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi: ona va qizi vafot etgan, ota va o`g`il komada
Jizzaxdagi MChJ oshxonasida sodir bo`lgan portlashda qorovul vafot etdi
Shu oqshom Xivadagi xonadonda gazdan portlash sodir bo`ldi. 15 yoshli qiz halok bo`ldi






