Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida gaz va elektr energiya yo`qligidan norozi bo`lgan aholi avtomobil yo`lini to`sib qo`ygani haqida video tarqaldi.
Video muallifi ular asosan ayollardan iboratligini ma`lum qilgan.
Lavhada ma`lum bo`lishichicha taxminan 20 ga yaqin xotin-qiz o`zining noroziligini shu tarzda namoyish etayotganini ko`rish mumkin. Hozircha mazkur holat bo`yicha rasmiy munosabat bildirilmadi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryoda elektr taʼminotidagi uzulishlaridan norozi aholi ko‘chada balon yoqib norozilik uyushtirgani xabar qilingan edi.
Shuningdek, Buxoro va Andijon vilotyalarida gaz taʼminotidan norozi aholi tomonidan namoyishi uyushtirilib, aholi katta yo‘lni to‘sib qo‘ygandi.
Bundan tashqari, Qo‘qonda ham gaz va elektr taʼminotidagi uzilishlardan norozi ayollar katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida video xabar bergan edik.






