2020 yilning 29 oktyabr kuni soat 14:30 larda lo`li millatiga mansub bo`lgan ayol, Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko`chasida yashovchi Nasiba A,ni aldab 12.500.000 so`mlik tilla-taqinchoqlarini qo`lga kiritgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha lo`li ayol jabrlanuvchining uyiga duo o`qilganligi aytib, qo`llarida bo`lgan ikki dona ayol va erkak qo`g`irchoqlarini hamda o`zi bilan olib kelgan arab tili yozuvlik qog`ozlarni xonadon hovlisiga tashlab qo`ygan va uyini “tozalab” berishni aytgan.
Mazkur holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ko`rsatilgan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli Gulchexra M., sodir etganligi aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan ayblov e`lon qilingan va tegishli sudlovda ko`rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.