1

Namangandagi ustaxonadan 7 dona qimmatbaho texnika o`g`rilandi

Jinoyat 16.01.2021, 21:01
Namangandagi ustaxonadan 7 dona qimmatbaho texnika o`g`rilandi

12 yanvar kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib,unda shu kunga o`tar kechasi noma`lum shaxs Namangan shahrida joylashgan oshxonaning erto`lasida joylashgan kompyuter tuzatish ustaxonasi eshigini buzib kirgan. U erdan umumiy narxi 12.000.000 so`mlik 1 dona "Artel" rusumli televizor, 1 dona "Aser" rusumli noutbuk, 3 dona kompyuterlar xotirasi va 3 dona fleshkasini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu xaqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili hamda 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan shaxs sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1