AsosiyJamiyat

Chet elda ishlaydigan hamyurtlarimiz qanday pensiya oladi?

'Chet elda ishlaydigan hamyurtlarimiz qanday pensiya oladi?'ning rasmi

Chet elda ishlagan fuqarolarga qanday shartlarga ko`ra mehnat staji qo`shiladi? Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi axborot xizmati ma`lumot berdi

2019 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan davr uchun – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallari to`langan taqdirda;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to`lov to`langan taqdirda.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O`zbekiston Respublikasida ishlanganiga to`g`ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda stajga qo`shiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar